08:18 / 09.03.2016
2446

«Volfsburg» o‘z maydonida «Gent»ni mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi

8 mart oqshomida o‘tkazilgan yana bir uchrashuvda Yevropa chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqan yana bir jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Germaniyada o‘tkazilgan «Gent»ga qarshi javob uchrashuvida mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

74-daqiqada Shyurrle tomonidan urilgan yagona gol natijada «Volfsburg»ga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, «Volfsburg» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi. 2 hafta muqaddam Belgiyada o‘tkazilgan o‘yinda ham nemislar jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qilgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final

Volfsburg (Germaniya) – Gent (Belgiya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Shyurrle.
Volfsburg – Kastels, Tresh, Knoxe, Dante, Rodriges, Luis Gustavo, Gilavogi, Shyurrle (Shefer, 89), Arnold (Viyeyrinya, 83), Draksler (Kalidjuri, 78), Kruze.
Gent – Zels, Nilsen, Gershon, Asare, Renato Neto, Kums, Milichevich, Skapini (Foke, 78), Deyagere, Matton (Sayyef, 68), Saymon (Kulibali, 70).
Dastlabki uchrashuv – 3:2.

Top