14:07 / 09.03.2016
5104

Xonanda Shohruxxon 3 nafar muxlisiga smartfon sovg‘a qilmoqchi

O‘zbek estrada xonandasi Shohruxxon o‘z konsertida muxlislarini xursand qilish niyatida. Ya'ni eng ko‘p “layk” yiqqan 3 nafar omadli muxlis smartfonga ega bo‘ladi.

Ma'lum bo‘lishicha, "Istiqlol" san'at saroyi kassalaridan xonanda konsertiga chipta sotib olib, chipta bilan 15 soniyalik o‘ziga xos videorolik tayyorlash va uni telegramdagi +99898 305-19-19 raqamiga jo‘natish talab etiladi. Bu videorolik orginal uslubda va qiziq bo‘lishi kerak.

Mazkur rolik instagramdagi @_shohruhhon_video_ sahifasiga joylashtiriladi. Eng ko‘p “layk” yiqqan rolik egalaridan 3 nafariga konsert dasturi kuni smartfon sovg‘a qilinadi. Chiptalar 1 mart sanasidan sotuvga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Shohruxxonning “Yulduzlar” nomli konsert dasturi joriy yilning 23-26 may kunlari “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Top