10:36 / 09.03.2016
3451

Zidan YeChLning keyingi bosqichida qanday raqib tushishidan qo‘rqmasligini aytdi

"Real" jamoasining bosh murabbiyi YeChL nimchorak finalida "Roma" ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alaba va bu keltirgan keyingi bosqich yo‘llanmasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu o‘ta qiyin bahs bo‘ldi. Lekin oxir-oqibat biz o‘z maqsadimizga erishdik. Biz ehtiyotkorlikni unutmadik, chunki bu jamoada tajribali va tezkor futbolchilar jamlanishgan", deydi u.

Uning qayd etishicha, chorak finalga deyarli bir xil darajadagi jamoalar chiqishadi.

"Bizga keyingi bosqich uchun qur'a natijasida qanday raqib ro‘baru kelishidan qat'i nazar biz nolimaymiz va xotirjam bo‘lamiz. Axir bu bosqichgacha yetib keladigan jamoalarning barchasi ham turnirda g‘olib bo‘lishni maqsad qilishgan. Biz endi dam olishimiz va keyingi o‘yinlarga tayyorlanishimiz kerak bo‘ladi", deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Top