11:58 / 10.03.2016
5634

Amerikalik o‘smirlarning Windows 95ni ko‘rgandagi hayratlari

Windows 95 operatsion tizimi paydo bo‘lganidan so‘ng dunyoga kelgan amerikalik o‘smirlar ushbu tizim bilan uchrashganida qanday holatga tushishlari videotasvirga olindi.

Xo‘sh, ular o‘sha davrning mashhur kompyuteriga qanday munosabat bildirishdi? Juda katta, noqulay monitor va tizimli blok - albatta g‘ayrioddiy taassurot qoldirishi tabiiy holat. Lekin eng qo‘rqinchlisi oldinda – tizimning yuklanishi shu qadar uzoq davom etadiki, bu vaqt davomida tezda qandaydir yegulik iste'mol qilish istagi paydo bo‘ladi. Nima ham deymiz, 1995 yillar nafasi, Wi-Fi mavjud emas (axir internetga qanday kiramiz?!!) va tashqi dunyo bilan aloqaga chiqish uchun qandaydir sirli "modem" kerak bo‘ladi. Biroq bu hammasi emas. O‘smirlarga Windows 95 OT paydo bo‘lgunga qadar biron bir vazifani bajarish, belgilangan dasturlarni ishga tushirish uchun maxsus koddan foydalaniluvchi DOS ishlatilgani haqida so‘zlab berishdi. Hayot murakkab bo‘lgan va barini yo‘lga qo‘yish uchun ma'lum bir vaqt, mustahkam asab va xotira talab etilgan. Zamonaviy avlod endi bu kabi narsalarni tushunishi biroz mushkul. Ularning qanchalik ta'sirlanganini esa yaxshisi rolik orqali tomosha qilgan ma'qul.

Top