12:55 / 10.03.2016
2924

Google Android’ning yangi talqinini ko‘rsatdi

Amerika kompaniyasi Google Android mobil operatsion tizimining yangi talqinini dasturchilar uchun taqdim etdi. Android N’ning taqdimoti tegishli saytda joylashtirilgan.

Eng katta o‘zgarishlardan biri bu bir vaqtning o‘zida ko‘pgina vazifalarni bajarish imkoniyati, ya'ni foydalanuvchi bir qancha dasturlarni har xil oynalarda ishlatish mumkin. Bundan tashqari, tizim «suratdagi rasm» rejimini, ya'ni videorolikni alohida kichik oynada ko‘rish xususiyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, xabarlar panelida ham o‘zgarishlar bo‘lib, endi foydalanuvchilar boshqa menyularni ochmasdan xabarlarga panelning o‘zida javob berishi mumkin. Qo‘shimcha ravishda dasturchilar endi bir dasturning xabarlarini birlashtirishlari ham mumkin bo‘ladi.

Dasturchilar Google Nexus qurilmalariga yangi tizimni o‘rnatib ko‘rishlari mumkin, lekin oxirgi talqingacha beshta alfa- va beta-talqinlar chiqariladi. Foydalanuvchilar uchun tizim yilning uchinchi choragida taqdim etiladi.

Top