14:42 / 10.03.2016
2432

Ingushetiya va Checheniston chegarasida jurnalistlarga hujum natijasida 8 kishi jabrlandi

Rossiyaning Ingushetiya va Chechiniston hududlari chegarasida jurnalistlar va huquq himoyachilariga qilingan hujum natijasida sakkiz kishi jabrlandi. Ulardan uch nafari shifoxonaga yotqizildi, deya xabar beradi «Interfaks». 

Ingushetiyadagi kasalxonaga olib kelinganlarning biri rossiyalik, qolgan ikki nafari xorijlik — shvetsiyalik va norvegiyalik jurnalistlar bo‘lishgan. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. 

Manbada yozilishicha, voqea Chechiniston va Ingushetiya hududlarini ajratib turuvchi chegarada sodir bo‘lgan. Niqob taqib olgan noma'lum shaxslar guruhi yog‘och tayoqlar bilan hujum qilgan va mikroavtobus hamda unga yo‘lboshchi bo‘lib kelayotgan Lada Priora mashinasini garovga olishgan.

Top