14:01 / 10.03.2016
3111

KXDR Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlikni to‘xtatdi

Shimoliy Koreya unga nisbatan sanksiyalar kiritgani uchun Janubiy Koreya tomoni bilan barcha iqtisodiy aloqalarni to‘xtatishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Renxap».

“Ayni damdan boshlab, ikki tomon o‘rtasida mavjud barcha sharnoma va kelishuvlar bekor bo‘ladi”, — deb ma'lum qildi ikki Koreya munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mita.

Eslatib o‘tamiz, BMT KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy etgach, Janubiy Koreya ham o‘z qo‘shnisiga nisbatan qator sanksiyalar joriy etgan edi.

Top