14:33 / 10.03.2016
3662

Xyu Jyekman va Stiven Fray shakarning xavfli tomonlari haqda gapirib berdi

“Shakar” (That Sugar) deb nomlangan hujjatli filmda Xyu Jyekman va Stiven Fraylar ham qatnashdi. Bu haqda hujjatli film matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Film avstraliyalik rejissyor va aktyor Deymon Gamo tomonidan to‘g‘ri ovqatlanishga targ‘ib etish maqsadida ekranlashtirilgan. Ma'lum bo‘lishicha, ayrim mahsulotlar tarkibida shirinliklarga qaraganda ko‘proq shakar moddasi uchrar ekan.

“Shakar” filmi o‘zida ko‘tarib chiqqan g‘oyasi tufayli ko‘plab tomoshabinlarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Kartina Avstraliya va Buyuk Britaniyada eng omadli hujjatli film deb topildi. U 1,5 mln dollar miqdorida foyda ko‘rdi.

Top