16:27 / 11.03.2016
1855

“Siz davlat statistika organlarida korrupsiyaga duch kelganmisiz?”

Davlat statistika qo‘mitasi o‘z rasmiy saytida fuqarolarni 10 mart-10 aprel kunlari korrupsiyaga qarshi monitoring doirasida o‘tkazilayotgan kuzatuvlarda ishtirok etishga taklif qilmoqda.

Mazkur so‘rovnomaning maqsadi tizimdagi korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlash ekani aytilgan.

“O‘z navbatida, so‘rovnomaning anonim hisoblanishi, respondentning shaxsiga oid ma'lumotlar hech qayerda ko‘rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblaringiz Sizga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi”, deyiladi manbada.

 

Top