23:09 / 11.03.2016
2051

Kirkorov Alla Pugachyova sababli ozishga qaror qildi

Filipp Kirkorov o‘zining "Ya" («Men») deb nomlanuvchi yangi shousi premerasi oldidan qomatini joyiga keltirishga qaror qildi. Unga bu haqda Alla Pugachyova ishora qilgan. "Sen yulduz bo‘lganing uchun juda kam inson senga haqiqatni ayta oladi. Unday insonlarni hayotingda deyarli uchratmaysan. Men uchun faqat bir insonning bunga haqqi bor. «Uyat emasmi? Sen shuncha pul sarflab, katta shou tashkil etib, dasturga shunday mahoratli rejissyorni taklif qilgansan... Qanday qilib o‘zingni shunchalik «qo‘yib» yubording?» dedi Yangi yil oldidan Alla Pugachyova. Men juda yaxshi bilaman, bu gaplar chin yurakdan, hech qanday adovatli fikrlarsiz aytilgan. Alla uning har bir fikrini qadrlashimni juda yaxshi biladi», deya qayd qildi Kirkorov Yuliya Menshova bilan bo‘lgan intervyuda.

Kirkorovga qomatini joyiga keltirishda Tina Kandelaki yordam bergan. U xonandaga bosqichma-bosqich to‘g‘ri ovqatlanish va sport masalasida kerakli maslahatlarni berib borgan.
"Mening semizlikka moyilligim hayotda halaqit bermoqda. Men doimiy tarzda o‘z og‘irligim bilan kurashmoqdaman. Qanday qilib? Mayya Plisetskayadek kavshanmayman. Nima qilish kerak? Javob bitta. Qachonki juda tez yeyishdan to‘xtasam, jahldor bo‘lib qolaman. Shu sababli, janjallashmaslik va jahldor «kuchuk»ka aylanmaslik uchun eshikni kalit bilan berkitib, uyda o‘tiryapman. Shundan so‘ng bu sharoitga ko‘nikishni boshladim», deya qo‘shimcha qildi Kirkorov.

Top