15:41 / 11.03.2016
1811

Lui van Gaal Rio Ferdinandning so‘zlari tufayli jurnalist bilan urishib qoldi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Yevropa ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) keyin yana bir marta jurnalistlar bilan tortishib qoldi.

Muxbir o‘yindan keyin sobiq «MYu» himoyachisi Rio Ferdinandning fikrlariga munosabatini so‘radi. Shundan so‘ng van Gaal jurnalist bilan dialogga kirishdi.

– Birinchidan bitta narsani so‘ramoqchiman. Siz uchun Rio Ferdinandning nima degani muhimmi shunchalik?

- Rio «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi sifatida o‘z fikrini bildirgan, deya qo‘shimcha qilgan jurnalist.

Bunga javob Van Gaal: Ha, demak siz o‘z fikringizni aytmayapsiz, balki Rio Ferdinand nima demoqchi bo‘lganini ta'kidlayapsiz. Okey. Bu juda zo‘r, juda. Men ham hozir o‘z fikrimni aytaman, siz ham buni boshqa kishiga savol qilib bering.

«Biz «Liverpul»ning o‘ta yuqori pressingiga dosh bera olmadik. Buni oldindan kutgan bo‘lsakda, bu ishni uddalay olmadik. Ular bilan chempionat doirasida o‘ynaganimizda ham jamoa o‘z uyida shunday pressing qo‘llagandi.

Men nega shunday bo‘lganini yana bir marotaba tushuntirib o‘taman: ular pressing qo‘llashdi va biz bunga dosh bera olmadik. Pressing muxlislar tomonidan emas, futbolchilardan tomonidan amalga oshirildi. Juda yuqori darajadagi pressing. Umuman olganda bularning barchasi atmosfera... Men qanday qilib gol o‘tkazib yuborganimizni tushuntirishim mumkin. Bu juda yoqimsiz hissiyot», – deya ta'kidlab o‘tgan van Gaal.

Top