00:22 / 11.03.2016
3405

Nestle o‘z mahsulotlarida shisha bo‘lishi mumkinligi sababli ularni qaytarib olmoqda

Nestle rahbariyati DiGiorno, Lean Cuisine va Stouffer's kabi bir qator mahsulotlarini ularda shisha bo‘lishi mumkinligi sababli ortga qaytarib olmoqda, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Xususan, kompaniya qo‘ziqorinli, tovuqli, ravioli va artishokli, ismaloqli DiGiorno va Lean Cuisine pitssalari hamda ismaloqdan tayyorlangan muss va tovuq va sabzavotli Stouffer's lazanyasini (makaronning bir turi) qaytarib oldi.

Ta'kidlanishicha, o‘ramiga muayyan ishlab chiqarish kodlari tushirilgan mahsulotlar qaytarib olinmoqda.

Top