16:03 / 11.03.2016
1733

«O‘zbekenergo» AJ energetika texnologiyalarini sotib olish uchun tender e'lon qildi

«O‘zbekenergo» AJ O‘zbekiston sanoat korxonalarida energotejamkorlikni oshirish dasturi doirasida energetika texnologiyalari olib kelish va o‘rnatish loyihasi bo‘yicha tender e'lon qildi. Bu haqida uzdaily.uz xabar bermoqda.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga “O‘zbekiston sanoat korxonalari energosamaradorligini oshirish” loyihasini amaliyotga tadbiq qilish uchun Jahon bankining 100 mln dollar miqdoridagi mablag‘ini qo‘lga kiritdi.

Tanlov bo‘yicha takliflar joriy yilning 11 mayiga qadar topshirilishi talab etiladi.

Top