21:30 / 11.03.2016
1499

Ronaldu YeChL haftaligining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

UYeFA Madridning "Real" klubining hujumchisi Krishtianu Ronalduni Chempionlar Ligasida joriy haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topdi.

UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Ronaldu 56 foiz ovoz yig‘ib, Zlatan Ibrohimovich (34 foiz) va Xalkni (6 foiz) ortda qoldirdi.

Ta'kidlash joizki, Ronaldu "Roma"ga qarshi javob uchrashuvida bitta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Bu uchrashuvda "Real" "Roma"ni 2:0 hisobida yengib, Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi, Ronaldu esa Chempionlar Ligasida navbatdagi rekordini o‘rnatdi, ya'ni u musobaqaning pley-off bosqichida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchiga aylandi. "Roma" bilan uchrashuv Ronaldu uchun Chempionlar Ligasi pley-off bosqichlaridagi 57-uchrashuv bo‘ldi.

Top