09:38 / 11.03.2016
1945

Toshkentda “Havo jangi” sport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini bajarish maqsadida 2016 yil 5 mart kuni Toshkent avtomobil yo‘llari institutining harbiy kafedrasi negizida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tomonidan o‘n sakkiz yoshdan kichik va katta bo‘lgan o‘smirlar, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashining tuman jamoalari o‘rtasida sportning Aviomodel turining “Havo jangi” musobaqasi bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligining birinchi bosqichi Toshkent avtomabil yo‘llari institutining sport maydonida o‘tkazildi. Tadbirda dastlab O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi yangradi. So‘ngra tadbir tashkilotchilaridan Toshkent Shahar kengashi rais o‘rinbosari Sharobiddin Mahmudovich so‘zga chiqib, musobaqa ishtrokchilariga omad tiladi va tadbirni ochiq deb e'lon qildi. Musobaqaga 100 nafardan ortiq yoshlar tomoshabin sifatida tashrif buyurishdi.

Jamoalar

1- o‘rin Avtomobil ta'mirlash № 1 zavodi

2-o‘rin Mizo Ulug‘bek tumani

3-o‘rin Olmazor tumani

F-2-D klassida 18dan-53 yoshgacha bo‘lgan guruhlar o‘rtasida

1-o‘rin
Belotserkovskiy Yevgenin
Svyatniy Sergey

2- o‘rin
Boboraximov Muxiddin
Galotiy Gennadiy

3-o‘rin
Said Sardor
Galotiy Gennadiy

F-2-D klassida 9-18 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi 6 nafar yoshlar

1-o‘rin
Boboraximov Muxiddin
Galotiy Gennadiy

2- o‘rin
Kamiljanov Avizullo
Qayumov Ulug‘bek

3-o‘rin
Lisenkov Yevgeniy
Sayfullin Rinat
G‘oliblar esdalik sovg‘lari va diplom bilan taqdirlandi.

Shahnoza Tojiddinova tayyorladi

Top