09:37 / 11.03.2016
1716

Yurgen Klopp: «Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin hayotda shunaqasi ham bo‘lib turadi»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiy Yurgen Klopp Yevropa Ligasining nimchorak finalining birinchi uchrashuvida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan g‘alabali uchrashuvdan (2:0) keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

«Bu juda zo‘r o‘yin bo‘ldi. «MYu»ga qarshi o‘yinda qanchalik omadli o‘ynashing emas, golli vaziyatlar yaratishing muhim. Biz birinchi taymda bittadan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin hayotda shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Biz uchun ikkiinchi golni urish muhim edi. Bilaman, bu hali faqat birinchi o‘yin. Lekin g‘alaba qozonish muhim edi va biz buni uddaladik. Endi biz bu qulay natijadan keyin xotirjamlik bilan javob uchrashuviga boramiz.

Maydondagi muhit bugun ajoyib edi. Buni ta'minlab bergan barchaga minnatdorchiliklarimni bildiraman. Bu men bu yerga kelishimdan oldin eshitganim «Liverpul», – deydi Klopp.

Top