14:33 / 11.03.2016
1939

ZTE korporatsiyasi Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun taqdirlandi

Telekommunikatsiya sanoati uchun mobil internetni rivojlantirish sohasidagi texnologik yechimlarni taqdim etuvchi jahondagi eng yirik shirkatlardan biri hisoblangan  ZTE Corporation  Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkazilgan  Mobile World Congress 2016 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan  Global Mobile Awards 2016 taqdirlash marosimida mukofotlarga ega bo‘ldi. 

Jumladan, ZTE Corporation o‘zining  Pre5G Massive MIMO texnologiyasi uchun mobil texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or kompaniyaga topshiriladigan   Best Mobile Technology Breakthrough Award mukofoti va 2016 yilning tengsiz mobil texnologiyasi ishlab chiqaruvchisi va texnik direktori   – Outstanding Overall Mobile Technology-The CTO’s Choice 2016 unvoniga ega bo‘ldi.

GSM (GSMA) Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan  Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi mobil aloqa sanoati sohasidagi eng muhim tadbir,   GSMA tomonidan topshiriladigan Global Mobile Awards mukofotlari esa bu sohadagi eng faxrli yutuq hisoblanadi.

Mobil internet asri boshlanishi bilan mavjud tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ehtiyojning keskin ortishi va joylarda resurslar yetishmasligi bilan bog‘liq ziddiyat kuzatilmoqda.  Bunday sharoitda ZTE simsiz aloqa samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan  Massive MIMO texnologiyasidan unumli foydalanib, tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini oshirishga erishmoqda. Uning qo‘llanilishi tufayli tijorat tarmog‘ida   bir Pre5G Massive MIMO birligining eng yuqori tezligi soniyasiga   400 megabaytdan oshadi va spektral samardorlikni mavjud 4G tarmoqlariga nisbatan to‘rt-olti barobarga ortishini ta'minlaydi.

Pre5G Massive MIMO usuli qoplamani   2D dan 3Dgacha kengaytirish uchun nur shakllantirish texnologiyasiga asoslangan va faol hamda keng  oqimni ta'minlaydi. Ushbu texnologiya juda samarali bo‘lib, ko‘pqavatli binolar, katta stadionlar sharoitiga xotspotlar va boshqa vositalar orqali moslashtirilib, nafaqat o‘tkazuvchanlik, balki tarmoq faoliyati sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu mukofot  ZTE korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan innovatsion texnologiyalar, xususan Pre5G Massive MIMO texnologiyasi salohiyatining yana bir e'tirofi bo‘ldi. ZTEning Pre5G texnologiyalaridan iborat bozordagi taklifi foydalanuvchilarga  4G asbob-uskunalarda  5G darajasidagi sifatli aloqaga erishish imkoniyatini ta'minlaydi. Ushbu texnologiya Xitoy bozorida   2016 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.  

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va uyali telefonlarni yetkazib beruvchi jahonda yetakchi shirkatlardan biri hisoblanadi.   ZTE tomonidan simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir yo‘nalishida  turli-tuman yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi.   Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida   ZTE vakolatxonalari va tadqiqot markazlari joylashgan bo‘lib, ularda 10 minglab insonlar mehnat qiladilar. 

Kompaniya M-ICT strategiyasi doirasida mijozlarga ishning yuqori sifatini ta'minlovchi integratsiyalashgan yangi usullarni taqdim etish ustida ishlamoqda. Bu o‘z navbatida tellekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi izchil taraqqiyot va konvergentsiya sharoitida ko‘plab yutuqlarga erishish imkoniyatini ta'minlaydi.

Kompaniya  160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.   

ZTE shirkati yillik daromadining 10%ga yaqinini tadqiqot va yangi ishlanmalarga sarflab,  telekommunikatsion standartlarni ishlab chiquvchi ko‘pgina xalqaro tashkilotlarda yetakchi o‘rin tutmoqda.   

Xususan, ayni damda   ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun  50 dan ortiq  yechimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi shuningdek iste'molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar  – telefonlardan tortib   smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin.    ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.

ZTE sho‘'ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida  10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib,  ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda. 

O‘zbekiston telekommunikatsion operatorlari – Beeline, Ucell,  «O‘zbektelekom» AK va boshqalar kompaniya asbob-uskunalaridan foydalanadilar.  2013 yilning iyulida  ZTE O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida uyali telefonlar va ular uchun mo‘ljallangan aksessuarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxonani ishga tushirdi. Xozirda uyali telefonlar  UZTE brendi ostida ishlab chiqarilmoqda.

Reklama huquqi asosida
Top