10:30 / 12.03.2016
1301

Chikagoda to‘qnashuvlar sababli Donald Trampning chiqishlari bekor qilindi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning Chikagoda 11 mart kechki payt o‘tkazilishi rejalashtirilgan mitingi voqea joyiga yetib kelgan uning tarafdorlari va dushmanlari orasida chiqqan bir qator to‘qnashuvlardan keyin bekor qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Trampning saylovoldi shtabi vakili miting boshlanishi kerak bo‘lgan vaqtdan yarim soat o‘tgach sahnaga chiqib, tadbir xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilinganini e'lon qilgan. So‘ngra milliarder shtabi vakillari miting boshqa kun o‘tkazilishini aytishgan, biroq uning aniq sanasini keltirishmagan.

Olomon e'lonni eshitgach ashula aytib, xursandchilik qila boshlagan. Orada to‘qnashuvlar yuzaga kelgan, biroq politsiya jiddiy to‘qnashuvlar yuz bergan joylarda Trampning tarafdorlari va dushmanlarini ajratish uchun choralar ko‘rgan.

Tramp nutqlaridagi keskinlik uning dushmanlari, jumladan u a'zosi hisoblanadigan Respublikachilar partiyasi tomondan ham yoqimsiz qabul qilinadi. Tramp o‘z nutqlarida, jumladan, AQShda yashovchi meksikalik muhojirlar va musulmonlarga qarshi "siyosiy tomondan ma'qul bo‘lmagan" fikrlarni bildirgan.

Biroq bunday keskin fikrlarga qaramasdan, milliarder respublikachilar nomidan saylovlarda ishtirok etish huquqini olish poygasida yetakchilik qilmoqda.

Top