09:44 / 12.03.2016
1510

Obama eng favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning smartfonlariga kirish zarurligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama mobil qurilmalar agar bu teraktni bartaraf etish yoki soliq qonunchiligini bajarish uchun zarur bo‘lsa, hukumat idoralari ularga kira olishlariga imkon beradigan qilib yasalishi kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Obama amerikaliklarning fuqarolik erkinlarini qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan, favqulodda vaziyatda qandaydir aralashish imkoni bo‘lishi kerakligini aytdi.

AQSh prezidenti tashqaridan kirishdan himoyalangan smartfonlarni "cho‘ntakdagi shveysar banklariga" qiyosladi.

Ta'kidlanishicha, Obama Apple kompaniyasi san-bernardinolik terrorchining iPhone’idagi ma'lumotlarga kirishni rad etgani sababli Federal qidiruvlar byurosi kompaniyaga bildirgan e'tirozlariga izoh berishdan bosh tortgan.

Top