15:03 / 12.03.2016
5660

Ruhoniy: Eron - Iroq urushi yillarida 200 mingdan ziyod eronlik halok bo‘lgan

1980—1988 yillarda sodir bo‘lgan Eron — Iroq urushi paytida 200 mingdan ziyod eronlik vafot etgan. Bu haqda ana shu urushda halok bo‘lganlarni eslash kunida Eron prezidenti Xasan Ruhoniy mamlakat Kongressidagi chiqishida aytib o‘tgan.

“1980 yilda boshlangan va qariyib 8 yil davom etgan urushda 200 ming nafardan ziyod eronlik halok bo‘lgan”, — dedi Eron prezidenti.

Ma'lumot uchun, Eron va Iroq o‘rtasida bo‘lgan urush 1980 yilning sentabr oyida boshlanib, 1988 yilning avgust oyiga qadar davom etgan edi. Urushda halok bo‘lganlar haqida har ikki tomon ham uzoq yillar mobaynida og‘iz ochishmadi. Mutaxassislarning fikr bildirishicha, mazkur urushda har ikki tomondan 500 mingdan 1,5 mln nafarga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Top