16:25 / 12.03.2016
1748

Tojikiston xavfsizlik kuchlari O‘zbekistondan kirayotgan karbamid kontrabandasining oldini oldi

Tojikiston bojxona xizmati xodimlari Dushanbe shahrida yashovchi fuqaroning O‘zbekistondan 35 tonna karbamidni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganda to‘xtatib qoldi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Xavfsizlik xodimlari karbamidni “Dulan” yuk mashinasidan topishgan.

Jinoyat ishi ochilgan. Daliliy ashyolar Dushanbening Sino tumani sudiga jo‘natilgan.

Top