18:52 / 12.03.2016
1656

Yaponiya 2020 yilga kelib o‘z yo‘llarini dunyodagi eng xavfsiz yo‘llar bo‘lishini rejalashtirmoqda

Yaponiya 2020 yilga kelib, yozgi olimpiada o‘yinlari Tokioda o‘tkazilguniga qadar o‘z yo‘llarini dunyodagi eng xavfsiz yo‘llar etib qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun hukumat yangi besh yillik dastur ishlab chiqdi. Bu dastur asosida mamlakat yo‘larida har yili 4,1 mingta bo‘ladigan YTH yiliga 2,5 mingtaga tushishi kutilmoqda.

“Yangi rejaga muvofiq Yaponiyada dunyodagi eng xavfsiz yo‘llar qurilishi talab etiladi”, — dedi mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe hukumat komissiyasi yig‘ilishida.

Yaqin besh yillikda Yaponiya yo‘l qurilishida zamonaviy yondashuvlar asosida ish olib boriladi. Ya'ni, xavfli vaziyatlarda mashinalarni darrov to‘xtatadigan dasturlar va tez tibbiy yordam xizmatini yo‘lga qo‘yish kuzatilishi mumkin.
Yangi dasturga muvofiq yapon hukumati mamlakatda mavjud temir yo‘llarni ham qayta ta'mirlab, ularni zilzilabardoshligini yanada oshiradi.

Top