11:16 / 13.03.2016
1444

«Arsenal» xo‘jayini jamoaning uzoq vaqt sovrinsiz qolishiga munosabat bildirdi

«Arsenal» jamoasi xo‘jayini Sten Kronke jamoaning uzoq yillardan buyon katta sovrinlarsiz qolayotgani o‘zini tashvishga solmasligini bildirdi. Uning aytishicha, londonliklar klubi sovrinlardan ko‘ra muhimroq moliyaviy daromad keltirmoqda.

«Mening fikrimcha, futbol jamoasi sotib oluvchilar haqiqat bilan hisoblashishi kerak. Agar siz shunchaki titullarga ega bo‘lishni istasangiz, futbol jamoasi sotib olmaganingiz ma'qul. O‘ylaymanki, sport jamoalari xo‘jayinlari daromad ko‘rish haqida o‘ylashi va shunga intilishi kerak.

Agar biznesingiz yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa va boshqa daromad manbaingiz bo‘lmasa, siz jamoaga saviyali futbolchilarni jalb eta olmaysiz», — deya qayd etadi Kronke.

Ayni vaqtda, 29 tur o‘yinlaridan keyin «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadam «Lester»dan 8 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Jamoa oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo‘lgan, YeChLda esa oxirgi marta 2005 yilda finalda o‘ynagan.

Top