12:07 / 13.03.2016
2412

Zinedin Zidan: «Yozgi transferlar? Men u vaqtda «Real»da bo‘lishim aniq emas»

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Las-Palmas»ga qarshi o‘yin arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. U savollarga javob qaytarish chog‘ida mavsum yakunida jamoada bo‘lmasligi mumkinligini istisno etmagan.

«Ha, biz ketma-ket 3ta o‘yinda g‘alaba qildik, o‘yin yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, mashg‘ulotlarimizda ham ajoyib muhit yuzaga kelgan. Qachonki g‘alabalar qilar ekansan, barchasi joyida bo‘ladi. Derbidan keyin [«Atletiko»ga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yin] vaziyat boshqacha edi. Ammo hozir biz olg‘a harakatlanayapmiz, oldindagi o‘yinlar ham oson kechmasligi aniq.

Yozgi transferlarmi? Bu savolga javob qaytara olmayman. Chunki, o‘sha vaqtda «Real» bosh murabbiyligida bo‘lish-bo‘lmasligimni o‘zim bilmayman. Mavsum yakunlansin, keyin ko‘ramiz.

Atrofda ko‘p gap-so‘zlar yuribdi. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q. Men esa hozir faqat oldindagi o‘yin haqida qayg‘urmoqdaman», – deydi Zidan.

28 turdan keyin «Real» primero turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Top