21:36 / 14.03.2016
1511

“Rostov” futbol klubi bankrot deb tan olinishi mumkin

Rossiyaning Rostov viloyati hakamlik sudi “Agrofest-Don” MChJning “Futbolnyy klub “Rostov” OAJni bankrot deb tan olinishi talab qilingan da'vo arizasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

2014 yil oxirida “Agrofest-Don” hakamlik sudiga “Rostov” klubidan 59 mln rubl undirish haqida 9 ta ariza topshirgan. Keyinroq tomonlar murosaga kelishgan, unga ko‘ra “Rostov” kreditori bilan 2015 yil 1 dekabrigacha hisob-kitob qilishi kerak edi.

Ayni vaqtda “Rostov” Rossiya chempionatida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Top