14:13 / 14.03.2016
2006

Janubiy afrikalik bolakayning ostki labi o‘sishdan to‘xtamayapti

Janubiy afrikalik bolakay notabiiy uzun til bilan tug‘ilgan edi. Til shu qadar uzun ediki, u o‘z og‘zini yopa olmas va hech narsa yeya olmay qolgandi.

Shundan so‘ng, bolakay operatsiyani boshdan o‘tkazdi va uning tili me'yoriy hajmda qisqartirildi.

Afsuski, bu uning og‘zi bilan bog‘liq yagona muammo bo‘lmadi. Biroz vaqt o‘tgach, bolaning ota-onasi uning ostki labi pastga qarab o‘sa boshlaganini payqab qolishdi. Ular til jarrohlik orqali to‘g‘irlanganligi sababli, labni o‘z holiga qaytishiga umid qilishgan edi. Biroq 3 yoshli bolakayning pastki labi borgan sari o‘sib, natijada u ovqat tanovul qilishda qiyinchilik tug‘dira boshladi.

Ota-onalarning aytishicha, mutaxassislar bolaning tili va labidagi qon tomirlarining yurishida tug‘ma nuqson borligini aniqlashdi.

Bolaning otasi Tembisadagi (Ekurxuleni shahri) restoranda ishlaydi va unda qimmat jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish imkoniyati yo‘q.

Top