10:47 / 14.03.2016
1436

Kot-dIvuardagi hujum uchun javobgarlikni "Al-Qoida" o‘z zimmasiga oldi

"Al-Qoida" terrorchilik guruhining Shimoliy Afrikadagi qanoti bo‘lgan "Islom Mag‘ribida Al-Qoida" guruhi Kot-d'Ivuardagi plyajda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kot-d'Ivuar prezidenti hujum oqibatida 16 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.

6 nafar qurollangan shaxs plyajdagi odamlarni o‘qqa tutgan. Bosqinchilarning barchasi yo‘q qilingan.

Hujumda jumladan Fransiya fuqarosi halok bo‘lgan. Fransiya prezidenti Fransua Olland bu hujumni "qo‘rqoqona hujum" deb atadi.

Top