19:41 / 14.03.2016
1250

OAV: Anqara terakti ijrochilaridan birining oila a'zolari hibsga olindi

Anqarada terakt sodir etgan terrorchi-hudkushlardan biri, talaba qiz Sahar Chog‘la Demirning oila a'zolari Turkiya hukumati tomonidan hisbga olindi. Bu haqda NTV telekanaliga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi.

Bundan oldinroq, Turkiya hukumati voqea joyidagi jasadlardan birining barmoq izlariga asoslangan holda terakt ijrochilaridan birining shaxsini aniqlagandi. Unga ko‘ra, avtobus oldida portlatilgan mashinada bo‘lganlardan biri 23 yoshli talaba Sahar Chog‘la Demir Kurdiston ishchilar partiyasi a'zosi ekani ma'lum qilingan. U terrorchilik targ‘iboti bilan shug‘ullangani tufayli bir necha bor sudga tortilgan, ammo sud qizga qaror chiqarishga ulgurmagan.

Portlash 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etilgan. Minalashtirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 37 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 125 kishi jarohat olgan, 71 kishi kasalxonalarda qolmoqda.

Anqara terakti ijrochilaridan biri KIP a'zosi bo‘lgani aniqlandi

Top