17:42 / 14.03.2016
1751

O‘zbekistonda UZONLINE abonentlarining bir qismi internetga ulana olmayapti

O‘zbekistonning turli hududlarida UZONLINE abonentlari internetga ulanishda muammolarga duch kelmoqda. Ayrim abonentlarda saytlarning yuklanishi qiyinlashgan yoki internet bir necha soat davomida ishlamay qolgan.

Kompaniyaning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 14 mart kunida butun respublika bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilmoqda. Shu bois, ayrim abonentlarda internet tezligi pasayishi kuzatiladi. Profilaktika ishlari esa kun yakunigacha tugatiladi.

O‘zbekistonda internet tezligi keskin tushib ketish sabablari ma'lum qilindi

Top