11:44 / 14.03.2016
2871

Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

12 mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Z.Mirzayev olib bordi.

Sessiya vaqtida shu paytgacha Urgut tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi sayti xabar bergan.

Sessiyada shuningdek viloyat hokimining 2016 yil 1 martda qabul qilgan Ochilov Olimjon, Abdumajit Nurqulov va Xo‘jayorov Xayriddin mos ravishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangani tasdiqlangan.

O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi qarori bilan mahalliy hokimliklar strukturasi o‘zgartirilgan va unga ko‘ra, hokimlarning ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.

Top