18:00 / 14.03.2016
1957

Samsung Galaxy S7 va iPhone 6s’ning suvga chidamliligi tekshirib ko‘rildi

SquareTrade kompaniyasi iPhone 6s va Samsung Galaxy S7 o‘rtasida navbatdagi sinov testini o‘tkazdi — smartfonlarning suvga chidamliligi aniqlandi, deb yozmoqda CNET nashri.

Qo‘lga kiritilgan natijalarga ko‘ra, Galaxy S7 iPhone’ga qaraganda suvga chidamli bo‘lib chiqdi, ammo uning suv o‘tkazmaslik xususiyati tamoman mukammal emasligi ma'lum bo‘ldi.

Ikki metr chuqurlikdagi suv ostida saqlab turilgan Galaxy S smartfoni dinamikasi zarar ko‘rdi. Sinovning 24 daqiqasida iPhone ishdan chiqqan.

Top