12:02 / 14.03.2016
38533

Xonanda Shahnozabonu olamdan o‘tdi

14 mart kuni, tongda estradamizning taniqli xonandasi Shahnozabonu olamdan o‘tdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u yaqinda og‘ir jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan edi.

Ma'lumot uchun, xonanda 1975 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning “Qizalog‘im”, “Do‘st”, “Qizg‘onaman” kabi qo‘shiqlari muxlislar e'tiboriga sazovor bo‘lgan.

Kun.uz sayti Shahnozabonuning oila a'zolariga o‘z hamdardligini bildiradi.

Mavzuga oid
Top