10:03 / 14.03.2016
19032

Yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni-bu kuchli ijtimoiy himoya omili

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” Qonuni 6 may 1993 yil 6 mayda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtdagi bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga va amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, davlatning xususiy sherikchilikni mustahkamlash, mamlakatda mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarga mos keladigan yangi tahrirdagi Qonun bo‘lishini davr talab etdi.

Qonun loyihasini tayyorlashda mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi XMTning Konventsiya va tavsiyalari, 20 dan ziyod horijiy davlatlarning shu jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchiligi va me'yoriy hujjatlari o‘rganildi.

Shuningdek mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan ushbu qonun loyihasini tayyorlashda vazirliklarning va tarmoq idoralarining, katta sanoat korxonalarining, keng jamoatchilikning (fuqarolarning) takliflari inobatga olindi.
Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarishda har xil aralashuvlarni va korrupsiyani oldini olish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ishlovchi xodimlarni mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yaxshilashga hamda ularning mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy himoyani ta'minlashga qaratildi.

Ushbu Qonunda jamoaviy himoya vositalari, zararli ishlab chiqarish omili, ish o‘rni, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo‘lish, noqulay ishlab chiqarish omillari, xavfli ishlab chiqarish omili, shaxsiy himoya vositalari kabi tushunchalarga atroflicha ta'rif berildi.

Mazkur Qonunning qabul qilinishida:

mehnatni muhofaza qilishni respublika, tarmoq va hudud darajasida davlat organlarining vazifalari belgilandi hamda mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga xodimning ham mas'uliyati oshirilishi;

mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etishga imkoniyatlari yetmagan kichik korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish autsorsing asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini (tadbirkorlarni) jalb qilinishi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish hamda kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatini o‘sishiga sabab bo‘ladi, ish beruvchilarning mehnat muhofaza qilishni tashkil etish maqsadida tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravishda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini audit qilish mexanizmi joriy etilishi;

xodimlarning ayrim toifalari, ayollar, voyaga yetmagan shaxslarni va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilanishi;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishni ta'minlash yuzasidan talablar kiritildi va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari belgilanishi nazarda tutildi;

Bundan tashqari tashkilotlarda ish beruvchi va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha mas'uliyatini oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish choralarini ko‘rish borish belgilandi.

Qonunda mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasi, Mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi talablari ham kiritilgan bo‘lib, bu mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasini o‘tkazish orqali xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to‘g‘riligini, xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshirilishi belgilanib qo‘yilgan.

Mehnat vazirligining
axborot xizmati

Top