16:22 / 15.03.2016
2184

Baliq oviga borgan oila tabiatdan yoqimli sovg‘a oldi

Baliq ovida qarmoqqa baliq tushgandan ko‘ra baxtli on bo‘lmasa kerak. Bunday mashg‘ulot turi quyosh tagida dam olib, tabiat bilan uyg‘unlashish uchun eng mos mashg‘ulotlardan biridir.

Bu videoda baliq oviga chiqqan oila tabiatdan kutilmagan sovg‘ani oldi. Chunki ular baliq ovi uchun qarmoq va to‘r bilan ancha vaqt o‘tirib, diqqatni jamlab baliqlarni tutish lozim deb o‘ylagandilar. Lekin tabiat ba'zida biz uchun kutilmagan va ajoyib voqealarni hozirlab qo‘yadi.

Oila o‘z qayig‘ida suzib borayotganda, birdaniga ularning qayig‘iga qarab baliqlar otila boshlashdi. Baliq ovlashning hojati ham qolmadi. Bu oilaning bolalari uchun juda ham esda qolarli va kutilmagan ajoyib hodisa bo‘ldi. Voqea xuddi Disney filmlariga o‘xshab ketadi.

Top