14:45 / 15.03.2016
1356

«Chelsi» Ibrahimovich uchun kurashga qo‘shildi

«PSJ» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yangi mavsumda Angliya premer-ligasida paydo bo‘lishi mumkin. Mavsum yakunida parijliklar bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadigan bu futbolchi yozgi transferlar darichasi vaqtida diqqat markazida bo‘lishi kutilmoqda.

Jurnalist Janluki Di Martsioning Sky Sport Italia nashridagi kolonkasida yozilishicha, 34 yoshli bu shvetsiyalik futbolchiga amerikaliklar, xitoyliklar, italiyaliklar («Milan») bilan bir qatorda Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoalaridan qiziqish bildirilayotgandi. Endi bu kurashga «Chelsi» jamoasi ham qo‘shilgan.

Ibrahimovich o‘z kelajagi bo‘yicha aniq qaror qabul qilmagan, lekin u «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmasligi oydinlashmoqda.

Zlatan Ibrahimovich: «Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalimni o‘rnatishsagina «PSJ»da qolishga rozi bo‘laman»

Top