16:06 / 15.03.2016
3607

Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreya haqida fikr bildirdi

15 mart kuni Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe vazirlar mahkamasi a'zolari bilan uchrashuvda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi mintaqada barqarorlikka putur yetkazuvchi provokatsiyalarni davom ettirib, o‘z-o‘zini halok etish yo‘lida ketmoqda, deb fikr bildirdi.

Pak Kin Xe, shuningdek, Janubiy Koreya qurolli kuchlarini XXDR tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan fitnalarga qarshi kurashishga tayyor turish haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi TASS.

Eslatib o‘tamiz, Pxenyan 15 mart kuni Koreya markaziy telegraf agentligi orqali yaqin vaqtda atom qurollari va ballistik raketalarning yangi sinov tajribalarini o‘tkazishini ma'lum qildi.

Top