19:11 / 15.03.2016
1620

OChL-2016 turnirining 3-turida "Paxtakor" "Traktorsozi"ni mag‘lub etdi

Bugun, 15 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining 3-turida "Paxtakor" va "Traktorsozi" jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 41-daqiqasida o‘ng qanotdan Akbar Ismatullayevning uzatgan pas Azim Ahmedovga tegib Igor Sergeyevga kelib tushdi va mezbonlar hujumchisi jarima maydoni chizig‘i ustidan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.

Ikkinchi bo‘limda asosan "Traktorsozi" hujum qildi. Lekin o‘yinda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, "Paxtakor" OChLda bu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" o‘z ochkolarini 4taga yetkazdi va shuncha ochko to‘plab turgan "Al-Hilol"ga yetib oldi. "Traktorsoziy" hisobidagi ochkolar soni oltitaligicha qoldi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 6 aprel kuni Eronda o‘tkaziladi.

"Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Traktorsozi" (Eron) 1:0
Gol: Igor Sergeyev 41, - 1:0 (Azim Ahmedov)
"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 5.Akbar Ismatullayev, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Sherzodbek Karimov (28.Stanislav Andreyev, 82), 9.Jaloliddin Masharipov (35.Oybek Qilichev, 55), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeyev, 15.Javohir Sohibov, 21.Kamoliddin Tojiyev, 29.Vladimir Kozak (14.Jamshid Boltaboyev, 67)
"Traktorsozi": 1.Muhammadrizo Akbari, 2.Muhammad Iranpurian, 3.Shojai Xalilzoda, 4.Xolid Shafei (27.Aloys Nong, 90+4), 5.Karlos Kardoso, 6.Sina Ashuri, 10.Surush Rafei, 11.Baxtiyor Rahmoni, 24.Farzad Xatami, 66.Mehdi Kiani, 77.Said Agxayei (90.Mehdi Sharifi, 53) (88.Fardin Abedini, 87).
Ogohlantirishlar: Vladimir Kozak 49, Oybek Qilichev 59,

Top