14:00 / 15.03.2016
1379

Qirg‘izistonda “Tinchlik missiyasi-2016”ga tayyorgarlik boshlandi

Qirg‘izistonda ushbu yil mamlakat hududida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) “Tinchlik missiyasi-2016”ga a'zo davlatlar bo‘linmalari bilan qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari boshlandi.

“Bugun (15 mart, 2016) respublika qurolli kuchlari jangovor tayyorgarlik Markazi bazasida Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiy kuchlari vakillari ishtrokida terrorizmga qarshi qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish masalasida muzokaralar boshlandi”, - deb ma'lum qildi Qirg‘iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi.

Reja bo‘yicha, Bishkekdagi shtab muzokaralari 17 mart kuni uchrashuv yakuniy protokoli bilan nihoyasiga yetadi.
“Tinchlik missiyasi-2016” terrorizmga qarshi qo‘shma harbiy-shtab o‘quv amaliyotlari bu yil Qirg‘iziston hududida 5 sentabrdan 13 sentabrgacha 20636 harbiy qism bazasida bo‘lib o‘tadi.

ShHT tarkibiga Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari kiradi. Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Mo‘g‘uliston va Pokiston mamlakatlari bu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Top