19:41 / 15.03.2016
9384

Robert Dauni “Temir odam - 4” suratga olinmasligi mumkinligini aytdi

Amerikalik aktyor Robert Dauni “Temir odam — 4” filmi suratga olinmasligini mumkinligini aytgan. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Aktyorning ta'kidlashicha, yaqin kelajakda uning qahramoni superqahramonlar guruhida ishtirok etadi, ammo uning o‘zi haqida alohida film suratga olinmasligi mumkin.

“Buning imkoni bor, deb o‘ylamayman”, — dedi aktyor. Robert “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” kartinasi haqida gapirar ekan, uni kichkina “Temir odam — 4” deb atagan.

Top