18:07 / 15.03.2016
1430

Van der Vil «Trua»ga qarshi o‘yin vaqtida Ibrahimovich bilan janjallashgan va chempionlik tantanasida qatnashmagan

«PSJ» jamoasi futbolchilari Zlatan Ibrahimovich va Gregori van der Vil o‘rtasida Fransiya chempionatining 30-turida «Trua» jamoasiga qarshi safar o‘yini tanaffusi vaqtida nizo kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Loran Blan gollandiyalik himoyachi van der Vilni ikkinchi taymda o‘ynash uchun tushirmaslikka va uni Markinos bilan almashtirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» o‘sha uchrashuvda 9:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan oldin chempionlikni erishdi. Gollarning 4tasi Ibrahimovich hisobiga yozildi. O‘yin yakunida parijliklar chempionlikni nishonlashgan, ammo ular orasida van der Vil bo‘lmagan. Gollandiyalik futbolchi stadionni tark etgan, u o‘yinning birinchi taymini tribunada o‘tirib kuzatgan sevgilisi bilan birga ketgan.

Van der Vil bu vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida «PSJ»ning boshqa himoyachisi Serj Ore ham internetda Loran Blan va Ibrahimovich haqida nojo‘ya so‘zlar aytgani uchun jazolangan, u asosiy jamoa safidan o‘rinbosarlar tarkibiga badarg‘a qilingandi.

«PSJ» «Trua»ni 9:0 hisobida yengib, muddatidan oldin Fransiya chempioniga aylandi

Zlatan Ibrahimovich: «Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalimni o‘rnatishsagina «PSJ»da qolishga rozi bo‘laman»

«PSJ» bebosh futbolchisi Serj Orega jazo tayinladi

Top