15:54 / 16.03.2016
1467

“Mashina bermoq – jon bermoq”

Nijniy Novgorodda mashinasini olib ketayotgan evakuatorga yetib olishga uringan haydovchi to‘satdan vafot etdi.

Erkak uning mashinasini jarima maydoniga olib ketayotgan evakuator ortidan yuguradi. Birdan mazasi qochib, asfaltga yiqiladi. Voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelishadi, lekin uni qutqarishning iloji bo‘lmaydi.

Vafot etgan odamning 15 yillik haydovchilik tajribasi bo‘lgan va bunday vaziyatlarga duch kelmagan, ya'ni u doim intizomga rioya etgan.

Uning xotini sodir bo‘lgan voqeaga qaramasdan mashinani sovuqqonlik bilan jarima maydoniga olib ketgan kompaniyani sudga bermoqchi. Ayolning fikricha, erkak qattiq hayajonlanganidan infarkt bo‘lgan va vafot etgan.

Top