08:29 / 16.03.2016
1441

AQSh moliya vazirligi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga ziyon yetkazayotganidan mamnunligini aytdi

AQSh moliya vaziri Jyeyk Lyu Rossiyaga qarshi sanksiyalar ishlayotgani va Rossiya iqtisodiyotiga ziyon yetkazayotganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Biz sanksiyalarni shunday rejalashtirganmizki, qo‘shimcha effektlarni minimumga keltirishni mo‘ljallaganmiz va ularni yechimlar qabul qilish jarayoniga eng yaqin odamlarga yo‘naltirganmiz. Mening fikrimcha, sanksiyalar juda samarali bo‘lmoqda”, deb aytdi Lyu AQSh kongressi vakillari palatasining mablag‘ ajratish qo‘mitasidagi yig‘ilish vaqtida.

Lyu sanksiyalar ta'sirining aniq ko‘rsatkichlarini aniqlash murakkabligini, biroq neft narxining keskin tushishi hisobga olinadigan bo‘lsa, Rossiya iqtisodiyotiga ko‘p narsa birdaniga ziyon yetkazayotganini qo‘shimcha qildi.

“Har holda men Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ishlamagandagi holatdan anchagina yomon holatda deb o‘ylayman. Bu Rossiya uchun ancha qo‘shimcha talofatlar yetkazadi”, deb ta'kidlab o‘tdi AQSh moliya vaziri.

Top