16:02 / 16.03.2016
1563

Dunyoning kuchli bokschilariga Rio-2016 da qatnashish taqiqlandi

Jahonning ko‘zga ko‘ringan eng kuchli bokschilariga Braziliyada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga qatnashish taqiqlandi. Bu haqda Vringe.com xabar bermoqda.

Jahon boks kengashi (WBC) vakilining fikriga ko‘ra, Xalqaro xavaskor bokschilar assotsiatsiyasi professional bokschilarni Olimpiada o‘yinlarida qatnashishlariga ruxsat berib nafaqat xato qilmoqda, balki buni jinoyat deb ham atash mumkin. Chunki xavaskor bokschi bilan professional bokschi boshqa-boshqa sharoitlarda jismoniy mashqlar o‘tkazishadi. Ularning janglarda yuzma-yuz kelishi mumkin emas.

“Professionallar va xavaskorlarni aralashtirib musobaqa o‘tkazish masalasi ochiqligacha qolar ekan, xavfsizlik nuqtai nazaridan ma'lum bir format ishlab chiqarilmas ekan WBC top-15 ga kiruvchi barcha chempionlari va bokschilariga Riodagi O‘yinlarda qatnashishini taqiqlaydi”, – deb ochiq ta'minladi WBC amaldori.

Top