22:46 / 16.03.2016
1936

OChL. Sardor Rashidovning goli jamoasiga "Nasaf" ustidan g‘alaba olib keldi

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan Qatarning "Al Jayish" va Qarshining "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Hisob qatarliklar foydasiga 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golni 87-daqiqada “Al Jayish”ning o‘zbekistonlik legioneri Sardor Rashidov kiritdi.

OChL. 3-tur 
“Al Jayish” (Qatar) - “Nasaf” (O‘zbekiston) 1:0
Gol: Sardor Rashidov 87

“Al Jayish”: 16.Xalifa Ababakar, 2.Murad Naji, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Isa, 9.Abdulrazzoq Hamdallah, 10.Sardor Rashidov, 17.Otman Al Yahri (12.Majid Muhammad, 60), 19.Abdurahmon Muhammad, 23.Xolid Al Zereqi, 27.Ahmad Moyein, 31.Romarino (20.Vagner Ribeyro, 89).
Zaxira: 22.Saud Al Xatiri, 5.Muhammad Al Jabri, 7.Vesam Riziq, 8.Yusuf Mufta, 67.Jasim Al Hashemi.

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 7.Shuhrat Muhammadiyev, 23.Sherzod A'zamov, 4.Maqsud Karimov (21.Azamat Allaniyozov, 89), 31. Saydullo Rahmatov, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullayev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 18.Bahrom Abduraximov, 9.Ilhom Shomurodov, 45.Bobir Abdixoliqov (38.Doniyor Narzullayev, 75).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Azizjon G‘aniyev, 14.Sharof Muhiddinov, 27.Islom Rashidxonov.

Ogohlantirishlar: Maqsud Karimov 28

Top