00:45 / 16.03.2016
2779

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi YuNFPA’dan ikkita tez yordam mashinasi oldi

BMTning aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tashish uchun mo‘ljallangan kuvez bilan jihozlangan ikkita tez yordam mashinasi topshirdi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda.

YuNFPA ma'lumotlariga ko‘ra, tez yordam mashinalari ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tibbiy muassasaga yuqori malakali yordam ko‘rsatish uchun eltishga mo‘ljallangan barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan.

Bu avtomobillarning xarid qilinishi YuNFPA va Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

“Bugun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tashish uchun kuvez bilan jihozlangan ikkita tez yordam mashinasining taqdim qilinishi YuNFPAning shoshilinch akusherlik yordami tizimini yanada takomillashtirish hamda ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qo‘shgan hissasini aks ettiradi”, deb aytdi YuNFPA’ning O‘zbekistondagi vakili Miyeko Yabuta.

Top