12:14 / 16.03.2016
1896

Rossiyaning AQSh davlat obligatsiyalariga kiritmalar hajmi 100 mlrd dollarga yaqinlashdi

Fevral oyi natijalariga ko‘ra, Rossiya AQSh davlat obligatsiyalari (US Treasuries, UST)ga sarmoya hajmini yana oshirdi. Bir oy ichida kiritmalar hajmi 4,8 milliard dollarga ko‘payib, jami 96,9 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Ushbu ma'lumotlar Amerikaning moliya vazirligi saytida e'lon qilindi.

Lekin Rossiya hamon sarmoyadorlar ro‘yxatining 15 pog‘onasida turibdi.

Eng yirik sarmoyador – Xitoy fevral oyida 1,246 trillion dollar kiritmalari hajmini 1,237,9 trillionga kamaytirdi.

Ikkinchi o‘rindagi sarmoyador Yaponiya esa AQSh davlat obligatsiyalariga kiritmalari hajmini 1,122 trillion dollardan 1,123 trillionga ko‘paytirdi.

AQSh davlat obligatsiyalariga kiritmalar hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi Karib davlatlari blogi esa o‘z 351,6 milliard dollarlik ulushini 350,5 milliardga kamaytirdi.

Jahon mamlakatlari US Treasuriesning jami 6,183 trillion dollariga egalik qiladilar. Bir oy davomida esa bu raqamlar 35 milliard dollarga o‘sdi.

Top