21:25 / 17.03.2016
2957

“Iks odamlar: Apokalipsis” filmining yangi treyleri chiqarildi

20th Century Fox kinokompaniyasi yaqin orada ekran yuzini ko‘rajak “Iks odamlar: Apokalipsis” filmining yangi treylerini chiqardi.

Filmni rejissyor Brayan Singer suratga olgan. Filmda aktyorlar Jyms Makevoy, Maykl Fassbender, Jyennifer Lourens, Oskar Ayzek, Oliviya Mann, Nikolas Xolt, Sofi Terner, Rouz Birn va boshqalar rollar ijro etishgan.

Yangi filmda o‘lim bilmas qahramonlar professor Ksavening odamlar va mutantlar birgalikda tinch yashay olishi g‘oyasiga qarshi chiqadilar. Filmdagi qahramonlardan biri Magneto Apokalipsis ismli qahramon ta'siriga tushadi.

Film 2016 yil 27 mayda ekranlarga chiqariladi.

Top