15:35 / 17.03.2016
4685

“Iste'dod" yosh iste'dodlarni kashf etdi

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan akademik cholg‘ular, estrada va an'anaviy ijrochilik bo‘yicha “Iste'dod” xalqaro tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tanlovning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov mamlakatimizda musiqa va san'at ta'limi rivojiga qaratilayotgan e'tibor yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, xalqimizni milliy va jahon musiqasining nodir namunalaridan bahramand etishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Xalq ta'limi vazirligi va Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Iste'dod” xalqaro tanlovida 10 dan ortiq davlatdan 160 nafardan ortiq iqtidorli yosh ijrochilar ishtirok etdi.

“Iste'dod” xalqaro tanlovi 2 ta bosqichda fortepiano, torli cholg‘ular (skripka, alt, violonchel, kontrabas), estrada xonandaligi va an'anaviy xonandalik yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va do‘stona kayfiyatda o‘tgan tanlov yangidan-yangi nomlarni kashf etdi. Xalqaro mutaxassislardan iborat tanlov hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra 56 nafar ishtirokchi tanlovning g‘olib va sovrindori bo‘lishdi.

“Iste'dod” xalqaro tanlovining I, II, III o‘rin sovrindorlari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan laureatlik diplomi hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda 1-darajali diplom bilan taqdirlanganlar:

Fortapiano yo‘nalishida

Anna Do‘stmurotova – kichik guruh,O‘zbekiston
Bekzat Raqymov – kichik guruh, Qozog‘iston  
Aziz Ergashev – katta guruh,O‘zbekiston

Torli cholg‘ular (skripka, alt, violonchel, kontrabas) yo‘nalishida

Otabek Guchkulov – vilonchel, kichik guruh, O‘zbekiston
Baxtyjan Toljuma – violochenl, kichik guruh, Qozog‘iston
Abylay Nurlybek – skripka, kichik guruh, Rossiya Federatsiyasi
Janel Salamatova – violonchel, kichik guruh, Qozog‘iston
Shohruh Rahimberdiyev – skripka, katta guruh, O‘zbekiston
Sardor Ibragimov – violonchel, katta guruh, O‘zbekiston
Javlon Yusupov – kontrabas, katta guruh, O‘zbekiston

Estrada xonandaligi yo‘nalishida

Madlen Mo‘minova – kichik guruh, O‘zbekiston
Sardorxo‘ja Muzaffarov – katta guruh, O‘zbekiston

An'anaviy xonandalik yo‘nalishida

Temurjon Rafiqov – kichik guruh, O‘zbekiston
Murad Ibragimov – kichik guruh, Azerbayjon
O‘lmas Jumamurodov – katta guruh, O‘zbekiston

Top