09:47 / 17.03.2016
1465

Abdulaziz Komilov Pekinda Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi

2016 yilning 16 mart kunida Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan ShHTga doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni ShHT a'zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish amaliy masalalarini hal etishga qaratilgan O‘zbekistonning ShHTdagi raisligini yuqori baholadi.

O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari Toshkent shahrida davlat rahbarlari Kengashi va O‘zbekiston raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarning muvaffaqiyatli o‘tishidan birdek manfaatdor ekanliklarini takidlashdi.

Top