10:22 / 17.03.2016
1428

Avstraliya va Indoneziya erkin savdo bo‘yicha kelishuvni yangilashga qaror qildi

Avstraliya va Indoneziya erkin savdo bo‘yicha ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvni yangilashga qaror qildi. Bu haqda Avstraliya savdo va investitsiya vaziri Stiven Chobo Kanberrada indoneziyalik hamkasbi Tomas Lembong bilan muzokara olib borgach, xabar berdi.

Erkin savdo bo‘yicha ikki tomon kelishuvi 2012 yilda yo‘lga qo‘yilgan edi. Ammo oradan bir yil o‘tib, Jakarta va Kanberra munosabatlariga jiddiy ravishda putur yetgach, to‘xtatilgan edi.

Ammo shunga qaramay har ikki tomon ham o‘tgan yillar mobaynida Avstraliya va Yangi Zelandiya hamda Janubiy-Sharqiy davlatlar Asotsiatsiyasi (ASeAN) o‘rtasida tuzilgan savdo kelishuviga muvofiq yetarli ravishda o‘zaro iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlab turdi. Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda Jakarta Kanberra bilan iqtisodiy aloqalari mustahkam davlatlar ro‘yxatida 12-o‘rinda qayd etilgan.

Top